xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Navoiy medinstitut ochilishi mumkin

07-oktabr 12:56
Navoiy medinstitut ochilishi mumkin

Buxoro davlat tibbiyot instituti universitetga aylantirilishiga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilingandi. Loyiha muhokamasi yakunlangan.

Loyihaga ko‘ra, Buxoro tibbiyot universitetining Navoiy filiali tashkil etiladi.

Va 2023/2024-o‘quv yilidan Navoiy davlat pedagogika instituti tarkibidagi Tibbiyot fakultetida “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo‘nalishida ta’lim olayotgan 1-2-bosqich talabalari Filial tarkibiga o‘tkaziladi.

❗️ Ma’lumot uchun: "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida Buxoro davlat tibbiyot instituti — Buxoro davlat tibbiyot universitetiga, Navoiy davlat pedagogika instituti — Navoiy davlat universitetiga aylantirilishi belgilangan.