xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nima uchun mandat.uzbmb.uz saytida kvotalar noto‘g‘ri, yaʼni kam ko‘rsatilgan?

17-avgust 09:49
Nima uchun mandat.uzbmb.uz saytida kvotalar noto‘g‘ri, yaʼni kam ko‘rsatilgan?

Kvotalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan, siz tillar kesimini hisobga olmay, noto‘g‘ri tushungan bo‘lishingiz mumkin.

Avvalgi yillarda bo‘lgani kabi joriy yilda ham ayrim abituriyentlar biroz tushunmovchilikka duch kelishmoqda. Yaʼni ular Davlat qabul komissiyasi tasdiqlagan kvotalar bilan mandat.uzbmb.uz saytidagi kvotalarda farq ko‘rmoqda va hayron bo‘lishmoqda.

Vaholanki, o‘sha abituriyentlar kvotalar faylida JAMI degan ustundagi raqamlarga qarayapti. Lekin ushbu jadvalda kvotalar tillar kesimida ham bo‘lingan.

Masalan, yuqoridagi suratda "Sanoat farmatsiyasi" yo‘nalishi uchun JAMI 215 ta kvota ajratilgan. Lekin bu kvotalarning 165 tasi 🇺🇿o‘zbek guruh uchun, 50 tasi 🇷🇺rus guruhi uchun.

Mana shu kabi holatlarda tillar kesimiga eʼtibor bermagan abituriyentlar adashib qolmoqda.