xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

31-avgust 10:24
Nodavlat oliygoh talabalariga ham ijara puli qoplab beriladimi?

Vazirlar Mahkamasining 24.09.2021-yildagi 605-sonli qarorida — davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini belgilangan mezonlar asosida Davlat budjeti hisobidan qoplab berish ko‘zda tutilgan.

Qarorda nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari uchun ijara pulini qoplab berish bo‘yicha hech qanday gap so‘z yo‘q. Demak, ushbu qoplab berish faqatgina davlat OTMlarining kunduzgi ta’lim shakli talabalari uchun amal qiladi.