xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nodavlat oliygohlar faoliyati davlat standartiga moslashtiriladi

9.02.2023 18:04
Nodavlat oliygohlar faoliyati davlat standartiga moslashtiriladi

Avvalgi tartibga ko‘ra berilgan litsenziya talabalari standartlarga muvofiq emasligi, litsenziya talabalari ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish standartlarini nazoratga olmayotgani uchun litsenziya talablariga o‘zgarishlar kiritilmoqda,deya telegram kanallardan biri yozmoqda. Jumaladan:

  • Nodavlat oliygohlarning rahbar kadrlar strukturasi belgilanadi;
  • Rahbar kadrlar lavozimi uchun talab chegaralari belgilanadi;
  • Nodavlat oliygoh rektori eng kamida PhD darajasi ega, kamida 3 yillik ish stajiga ega bo‘lishi talab etiladi;
  • Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar masalalari bo‘yicha prorektor lavozimi majburiy joriy etiladi;
  • Prorektor, dekan, professor o‘qituvchi va boshqa rahbar kadrlarning lavozim talabalari joriy etiladi;
  • Kutubxona, tadbirlar zali, elektron kutubxona, sport zali kabi mavjudligi va talabga javob berishi qat’iy nazoratga olinadi;
  • Qabul jarayonlari boshlanish va tugash vaqt, o‘qishga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish va chetlashtirish tartibi davlat oliygohlari bilan bir xil vaqtga ko‘chiriladi;
  • O‘quv jarayonlarining boshlanish va yakunlanish vaqti davlat oliygohlari singari bir xil vaqtga moslanadi;
  • Nodavlat oliygohlarga kvota beriladi hamda o‘qishga qabul qilish tegishli tashkilot (DTM) tomonidan o‘tkaziladi va tartibga solinadi;
  • Nodavlat oliygohlar diplomi 2 xil standartga o‘zgartiriladi;
  • Nodavlat oliygohlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi majburiuy tashkil etiladi, bu ma’naviy-ma’rifiy ishlar qat’iy tartibga solinadi. (Ayni vaqtda nodavlat oliygohlari talabalari tomonidan jinoyatchilikni sodir etish ehtimolligi yuqori)
  • Tyutor hamda yotoqxona tarbiyachisi lavozimi ta’sis etiladi.