xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 16-aprel kuni o‘tkaziladi

11-aprel 03:45
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 16-aprel kuni o‘tkaziladi

2024-yil 16-aprel kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

16-aprel_test.pdf

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 7 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://oliygoh.uz/post/nostrifikatsiya-boyicha-test-sinovlari-otkaziladigan-joylar-2024-yil-16-aprel