xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari 10-oktabr kuni o‘tkaziladi

09-oktabr 12:23
Nostrifikatsiya bo‘yicha test sinovlari 10-oktabr kuni o‘tkaziladi

2023-yil 10-oktabr kuni xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali).

Nostrifikatsiya - 10-oktabr 2023-yil - talabgorlar.pdf

Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.