xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliy ma’lumotli bo‘lish uchun kamida necha yil o‘qish kerak?

02-noyabr 23:59
Oliy  ma’lumotli bo‘lish uchun kamida necha yil o‘qish kerak?

Buning uchun kamida 3 yil bakalavriatda o‘qish kerak.

O‘zi oliy ta’lim 2 bosqichdan iborat:

  • bakalavriat;
  • magistratura.

Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan tayanch oliy ta’limdir.

Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.

Bakalavrdagi qaysi yo‘nalishlar 3 yil?

  • Musiqa ta’limi;
  • Jismoniy madaniyat;
  • Texnologik ta’lim;
  • Chaqiriqqacha harbiy ta’lim;
  • Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
  • Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport.