xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi

16-sentabr 12:07
Oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi kamida 50 foizga yetkaziladi

2030 yilgacha bog‘cha va maktablarning pedagog xodimlari o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish rejalashtirilmoqda. 10 ta OTMni dunyoning eng nufuzli universitetlari top mingtaligiga kiritish maqsadi ham qo‘yildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyasini tasdiqladi. Unda ta’lim tizimida quyidagi bir qancha vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:

  • bog‘chalarning 100 foizini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash;
  • olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta maktablarning o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni tashkil etish;
  • yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini yaratish;
  • ta’lim tashkilotlariga har yili 500 nafar “til egalari" bo‘lgan xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
  • maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining o‘rtacha ish haqini 2 barobar oshirish;
  • nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonini 1 000 taga yetkazish, ularda tahsil olayotgan o‘quvchilar ulushini 3 barobarga oshirish;
  • 2024 yildan boshlab har yili davlat-xususiy sheriklik asosida kamida 100 tadan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari qurilishi bo‘yicha shartnomalar tuzish;
  • yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kamida 50 foizga yetkazish;
  • 10 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli top-1000 oliygohlari reytingiga kiritishga erishish;
  • qo‘shimcha 120 ming o‘rinli o‘quv binolari hamda 150 ming o‘rinli talabalar turar joylarini qurish;
  • fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun 3 trillion so‘m mablag‘ ajratish.