xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Bu umuman ta’limni tushunmaydigan insonning gapi" - Oliy ta’lim vaziri tandidga uchradi

14.02.2023 18:22

"O‘sha kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov bir yig‘ilishda ishga joylanmagan bitiruvchilari soni ko‘p bo‘lgan nodavlat OTM sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va kelajakda ularning faoliyatini tugatish masalasi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirgani aytilgandi.

Mening shaxsiy fikrimcha, bu umuman ta’limni tushunmaydigan insonning gapi. Bunaqa yondoshuv:

Birinchidan, nodavlat oliy ta’lim rivojiga keskin salbiy ta’sir qiladi;

Ikkinchidan, ishga joylashishda shundoq ham ko‘zbo‘yamachilik va quruq statistika uchun qilinadigan soxtakorlikni yanada kuchaytirib yuboradi;

Uchinchidan, nodavlat ta’limga litsenziya berish va olishda shundoq ham hozir mavjud bo‘lgan korrupsiyaviy holatlarni battar ko‘paytiradi va h.k.

Bu qisqa fikrlarim, keyinroq bir qo‘lim tegsa, batafsilroq yozaman bu haqda. Balki video yoki ovozli chat qilarmiz.

Xullas, ta’lim kottakonlari sohaga oid bunaqa bayonotlar berishda sal ehtiyotkor bo‘lishi kerak."

Xushnudbek Xudoyberdiyev