xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar

10-iyun 13:51
Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi:

  • fanlar majmuasi (barcha uchun);
  • taʼlim tili (barcha uchun);
  • test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa);
  • test topshirish hududi (barcha uchun).
  • kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa).

Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi.