xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Open budjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan rahbarlar javobgarlikka tortiladi

19-mart 17:28

Yana ovoz berish sezoni boshlanib, ayniqsa, o‘qituvchilar ovoz olishga kirishib ketishdi. Ko‘p maktablarda o‘qituvchilarga nechtadir ovoz yig‘ish normasi qo‘yilgan.

📌 Lekin bu — qonunchilikka zid. Xodimlarni ovoz to‘plashga majburlash - majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha (33 mln so‘mgacha) jarima belgilangan. Takroran majburiy mehnatga majburlash esa jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.