xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari

04-sentabr 17:24
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijalari

Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan 41 122 nafar talabgorning 4 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan bo‘lsa, 36 689 nafari (89,2 %) talabni bajara olmagan.

Ularning 18 543 nafari O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, 3 ta OTM talabalari 100 foizlik natija ko‘rsatgan bo‘lsa, 29 ta OTM talabalarining birortasi minimal talabni bajara olmagan.

Yuqori natija qayd etgan OTMlar:

🔹 PDP University — 100 % (2 nafardan 2 nafari);

🔹 Toshkent shahridagi INHA universiteti — 100 % (2 nafardan 2 nafari);

🔹 MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali — 100 % (1 nafardan 1 nafari);

🔹 Buxoro psixologiya va xorijiy tillar instituti — 51,2 % (41 nafardan 21 nafari);

🔹 O‘zbekistondagi Sharda universiteti — 43,9 % (57 nafardan 25 nafari).

Talabgorlarning 22 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.

To‘liq ro‘yxatni ko‘rish uchun faylni yuklab oling: O‘qishni_ko‘chirish_statistikasi_2023_2024_o‘quv_yili_uchun.pdf