xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi davlatda o‘qiyotgan talabalar eng ko‘p ariza topshirgan

18-iyul 14:28
O‘qishni ko‘chirish uchun qaysi davlatda o‘qiyotgan talabalar eng ko‘p ariza topshirgan

Xorijiy va xususiy OTMlarda o‘qiyotgan talabalar davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hozirgacha 3,7 ming talaba onlayn ro‘yxatdan o‘tgan.

Qabul qachon tugaydi?

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 5-avgustgacha davom etadi. Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar ariza berishi mumkin.

Eng ko‘p ariza topshirgan davlat talabalari

  1. O‘zbekiston — 1 961 nafar (52,15 %)
  2. Qirg‘iziston — 945 nafar (25,13 %)
  3. Rossiya — 376 nafar (10 %)
  4. Tojikiston — 246 nafar (6,54 %)
  5. Qozog‘iston — 164 nafar (4,36 %)
  6. Qolgan davlatlar — 68 nafar (1,81 %).

O‘tish ballari qanday?

"Perevod" uchun bir yil oldingi kirish imtihonlari asos qilib olingan holda o‘tish ballari belgilanadi.

Bu yilgi o‘tish balli.

Eslatma: "Perevod"chilar uchun test imtihonini Bilimlarni baholash agentligi o‘tkazadi.