xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qishni ko‘chirish uchun topshirilgan arizani tahrirlasa bo‘ladimi?

24-iyul 09:34
O‘qishni ko‘chirish uchun topshirilgan arizani tahrirlasa bo‘ladimi?

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz sayti orqali noto‘g‘ri ariza topshirgan talabalar arizasini tahrirlash imkoniga ega.

Sizning arizangiz holati "Ko‘rib chiqish uchun qabul qilindi" statusida turgan bo‘lsa bemalol uni tahrirlash imkoniga egasiz. Agarda ariza holati keyingi bosqichga o‘tgan bo‘lsa u holda tahrirlash imkoniyatingiz yo‘q va ariza rad etilishini kutasiz.

Rad etilgan arizalarni qayta tahrirlash imkoni beriladi.