xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Oʻqituvchiga nima mumkin emas

30-aprel 11:43
Oʻqituvchiga nima mumkin emas

O‘qituvchilar o‘quvchini darsdan chiqarib yuborishga yoki tanaffus qo‘ng‘irog‘i chalingach sinfxonada ushlab o‘tirishga va hattoki maktab hududida sigaret chekishi mumkin emas.

Xo‘sh, yana nimalar mumkin emas?

Bu haqda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari bo‘yicha Xalq taʼlimi vazirining 2022-yil 28-iyuldagi 246 sonli buyrugʻida aniq-tiniq qilib bayon etilgan.

11-bandga ko‘ra, o‘qituvchilarga ta’qiqlanadi:

  • Jamoa a’zolari va boshqalarning shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish;
  • Oʻquvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmaslik;
  • “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirish;
  • Dars mashg‘ulotlarida diniy tashviqot olib borish;
  • Ta’lim muassasasiga va dars mashg‘ulotlariga spirtli ichimliklar iste’mol qilgan, soch-soqolni tartibga keltirmagan va kiyinish odobiga rioya qilmagan holda kelish;
  • ta’lim muassasasi hududi va binosida spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
  • Maktab hududi va binosida o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasiga aloqasi bo‘lmagan turli xil tadbirlar (tug‘ilgan kun, yubiley, iftorlik va boshqa tadbirlar bilan bog‘liq bayramona dasturxonlar)ni tashkil etish.