xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?

30-iyun 02:23
O‘qituvchilarning ish vaqti qanday hisoblanadi?

Agar yuqori sinf o‘qituvchisining haftalik dars yuklamasi 20 soat qilib belgilangan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o‘qituvchining haftalik ish yuklamasi har bir o‘quv soatini 0,8 koeffitsientga ko‘paytirish natijasida 16 soat qo‘shish orqali 36 soat qilib belgilangan.

Ish vaqti taqsimlanishi

  • O‘qituvchi daqiqa hisobida 900 yoki 15 (astronomik) soat o‘quvchilar bilan ishlasa, qolgan 21 soatni ish yuklamasida belgilangan boshqa vazifalar hamda maktab rahbariyati bergan topshiriqlarni bajarishga sarflashi lozim.
  • Mehnat kodeksining 115-moddasiga ko‘ra, hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
  • O‘qituvchilar uchun 6 kunlik ish haftasida har kunlik ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim.

Qonuniy tartiblar

  • Hodimni 8 soatdan ortiq ishlatish mumkin emas, bu mehnatga majbur qilish hisoblanadi va aybdor shaxslar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida javobgarlikka tortiladi.
  • Muhim topshiriqlar yoki ish hajmining ortishi sababli ish beruvchi hodimning roziligi bilan qo‘shimcha ish vaqtida ham uni ishga jalb qilishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ishlagan ish vaqti uchun ikki hissali ish haqi to‘lanishi lozim. Bu vaqt yilda 120 soatdan oshmasligi kerak.

Maxsus sharoitlar

  • Mehnat kodeksining 118-moddasiga ko‘ra, yuqori darajadagi his-hayajon, aqliy zo‘riqish, asab tangligi bilan bog‘liq ishlar uchun, ya’ni alohida tusga ega bo‘lgan ishlar uchun ayrim toifadagi hodimlar uchun (tibbiyot hodimlari, pedagoglar va boshqalar) ish vaqtining muddati haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
  • Bunday hodimlar ro‘yxati va ularning ish vaqti aniq muddati O‘zbekiston Respublikasi Hukumat tomonidan belgilanadi.

Maslahat

  • Maktab rahbarlari, ish vaqtining qisqartirilgan muddati qoidalariga rioya qiling.
  • Ish vaqti o‘qituvchilar uchun yuqori sinflarda 6 soat, boshlang‘ich sinflarda 7.2 soatdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Tafsilotlar uchun ushbu rasmiy hujjat bilan tanishing: https://lex.uz/docs/517034#854273