xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘quvchilar qanday jazolanadi - "dunyo tajribasi"

23-noyabr 09:22
O‘quvchilar qanday jazolanadi -

🇺🇸 AQSH: Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o‘quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan polisiya va sud tizimi shug‘ullanadi.

🇯🇵 Yaponiya: Kech qolish, bo‘yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi.

🇩🇪 Germaniya: O‘quvchi darsdan qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta’lim intizomi buzilgan bo‘lsa, maktab ma’muriyati polisiyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000-2500 yevro jarima solinadi.

🇰🇷 Janubiy Koreya: O‘qituvchi itoatsiz o‘quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e’tiroz bildira olmaydi.

🇬🇧 Buyuk Britaniya: Dars paytida o‘quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to‘lanmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi.

🇫🇷 Fransiya: Agar o‘quvchi oyda to‘rt martadan ko‘p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o‘qishni qoldirish bolaning ta’limiga ta’sir qilayotgan bo‘lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi.