xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘tgan yilgi transkript bilan perevod qilish mumkin

13-avgust 14:24
O‘tgan yilgi transkript bilan perevod qilish mumkin

SAVOL: O‘tgan yilgi perevod uchun transkript olgandim, lekin imtihondan yiqildim. Bu yil o‘sha transkript bilan "perevod" uchun hujjat topshira olamanmi?

JAVOB: Agarda siz hozirda o‘qiyotgan oliygohingizda tahsilni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, yangi transkript olishingiz tavsiya etiladi. Ya’ni 2022/2023 o‘quv yilining transkript bilan hujjat topshirishingiz maqsadga muvofiq.

Biroq, o‘tgan yilgi transkript bilan ham bemalol hujjat topshira olasiz. Sizdan talab etiladigan narsa imtihondan o‘tganingizdan so‘ng, o‘qishingizni ko‘chirgan oliygohga yangi o‘quv yilingizni transkriptini ham olib borasiz. Shunda kurs masalasi sizni foydangizga ishlaydi.

Mobodo siz, o‘tgan yili imtihondan yiqilib, qaytib oliygohingizga bormaganligingiz sababli o‘qishdan chetlatilgan bo‘lsangiz ham, bir yil avvalgi transkript bilan ham "perevod" uchun hujjat topshira olishingiz mumkin.