xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

06-mart 09:47
O‘zbek tili va adabiyot fanidan o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

Ma’lumki, Bilimni baholash agentligi tomonidan umumta’lim fanlaridan, jumladan, o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar test sinoviga puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun mustaqil o‘qish tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilingan.

Unda 40 ta badiiy adabiyot ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ushbu adabiyotlar 2024-yilda o‘tkaziladigan o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

MUSTAQIL O‘QISH UCHUN TAVSIYA ETILGAN BADIIY ASARLAR

  1. “Zarbulmasal” (Gulxaniy)
  2. “O‘tkan kunlar” romani (Abdulla Qodiriy)
  3. “Mehrobdan chayon” romani (Abdulla Qodiriy)
  4. “Kecha va kunduz” romani (Abdulhamid Cho‘lpon)
  5. “Tushda kechgan umrlar” romani (O‘tkir Hoshimov)
  6. “Nur borki, soya bor” roman (O‘tkir Hoshimov)
  7. “Ikki eshik orasi” roman (O‘tkir Hoshimov)
  8. “Qiyomat” romani (Chingiz Aytmatov)
  9. “Asrga tatigulik kun” romani (Chingiz Aytmatov)
  10. “Me’mor” roman (Mirmuhsin)
  11. “Xo‘jand qal’asi” romani (Mirmuhsin)
  12. “Yulduzli tunlar” roman (Pirimqul Qodirov)
  13. “Avlodlar dovoni” roman (Pirimqul Qodirov)
  14. “Ko‘hna dunyo” romani (Odil Yoqubov)
  15. “Ulug‘bek xazinasi” romani (Odil Yoqubov)
  16. “Diyonat” romani (Odil Yoqubov)
  17. “Oltin zanglamas” romani (Shuhrat)
  18. “Jimjitlik” roman (Said Ahmad)
  19. “Ufq” trilogiyasi (Said Ahmad)
  20. “Lolazor” romani (Murod Muhammad Do‘st)
  21. “Chinor” romani (Asqad Muxtor)
  22. “Otamdan qolgan dalalar” romani (Tog‘ay Murod)
  23. “Jaziramadagi odamlar” romani (Luqmon Bo‘rixon)
  24. “Abulfayzxon” dramasi (Abdurauf Fitrat)
  25. “Sohibqiron” dramasi (Abdulla Oripov)
  26. “Temir xotin” komediyasi (Sharof Boshbekov)
  27. “Dunyoning ishlari” qissasi (O‘tkir Hoshimov)
  28. “Sarvqomat dilbarim” qissasi (Chingiz Aytmatov)
  29. “Oq kema” qissasi (Chingiz Aytmatov)
  30. “Jayhun ustida bulutlar” qissasi (Mirkarim Osim)
  31. “Molxona” qissasi (Jorj Oruell)
  32. “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi (Tog‘ay Murod)
  33. “Otoyining tug‘ilgan yili” qissasi (Erkin A’zam)
  34. “Qorako‘z majnun”, “Qoplon”, “Sobiq” hikoyalari (Said Ahmad)
  35. “Asror bobo”, “Ming bir jon”, “O‘g‘ri”, “Bemor” “O‘jar”, “San’atkor”,“Adabiyot muallimi” hikoyalari (Abdulla Qahhor)
  36. “O‘zbeklar”, “Ot egasi” hikoyalari (Shukur Xolmirzayev)
  37. “Hayotga muhabbat” hikoyasi (Jek London)
  38. “Hellados” hikoyasi (Nodar Dumbadze)
  39. “Garov” hikoyasi (Anton Chexov)
  40. “Ruhlar isyoni” dostoni (Erkin Vohidov)