xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston universitetlarini 3 yillik qilish taklif etildimi?

04-mart 21:00
O‘zbekiston universitetlarini 3 yillik qilish taklif etildimi?

“Boursa National” kompaniyasi ijrochi direktori, professor Azamat Akbarov talabani to‘rt yil universitetda ushlab o‘tirish noto‘g‘ri ekanini ta’kidlab, universitetlarni 3 yillikka o‘zgartirish taklifi bilan chiqqan edi.

“Bir narsani tushunish kerak, 2030-yilga borib universitetlar bajaradigan vazifa va maqsadlar butunlay o‘zgarib ketadi. Ular transformatsiya bo‘ladi va shaklini o‘zgartiradi. Masalan, o‘sha vaqtga borib oddiy o‘quv markazlari ham universitet bo‘lishi mumkin. Chunki o‘quv markazlari hozir bozor talab qilgan ko‘nikma va malakaga ega bitiruvchini yetkazib beryapti.

Ya’ni bugun o‘quv markazlar deylik, IT’ni o‘rganishga ehtiyoji bor insonga bu sohani 6 oyda o‘rgatib, uni ming, bir yarim ming dollarli ishga tayyor kadr qilib yetkazib beryapti. Talaba bu holatni ko‘rarkan, nima uchun men 4 yil o‘qishim kerak, deya o‘ylay boshlaydi.

1980-90 yillardan boshlab amerikalik talabalar orasida universitetlarini tashlab ketish holatlari ko‘paygan. Masalan, biz bilgan IBM, Apple, Facebook yoki WhatsApp asoschilari ikkinchi, uchinchi kursdan universitetni tashlab ketgan. Bu qiziqishlarning susayishidan emas, ular o‘sha muddatda o‘zi istagan bilimga ega bo‘lishdi va o‘ylashdiki, biz yaxshisi o‘z startaplarimizni davom ettiramiz.

Ko‘rasiz, yaqin orada bu an’ana bizga ham yetib keladi. Talabalar ikkinchi va uchinchi kurslardan universitetlarni tashlab ketishni boshlashadi. Chunki biz bilimga asoslangan jamiyatda yashayapmiz. 20 yil avval bilimning markazi universitetlar edi. Hozir qutblar o‘zgara boryapti”, degan edi Azamat Akbarov.