xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonliklar Coursera platformasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ta’lim olishadi

24.02.2023 01:09
O‘zbekistonliklar Coursera platformasida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ta’lim olishadi

Kurslar o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan beriladi. Shuningdek, mamlakat platformaning barcha kontentidan foydalanish huquqini beruvchi 10 ming dona litsenziya sotib oladi.Foto: Shutterstock

O‘tgan yilning oktabr oyida “IT-Park” va “Coursera” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuv amalga oshirilgandi.

Kelishuvga asosan, 2023-yildan 1,2 mln yoshlar ITning 3 ta asosiy yo‘nalishi — Frontend, Python course, IT-English bo‘yicha mazkur platformada onlayn kurslarda qatnashishi va tegishli sertifikatlarni olishlari mumkin.

Undan keyin, noyabr oyiba borib, “IT Park” “Coursera” platformasida 3 ta kursni tanlab olish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Bu orqali yoshlar uchun qiziq va muhim bo‘lgan kurslar tanlab olinib, bepul ishtirok etish mumkinligi belgilangan.

“Coursera” kompaniyasi bilan kelishuvga muvofiq “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida o‘zbekistonlik yoshlar 5 ta yo‘nalish bo‘yicha bepul ta’lim olishadi. bu haqda “Spot” muxbiri xabar bermoqda.

Bu beshta kurs quyidagilardan iborat:

  • AI Business;
  • Google Cloud;
  • Data Science;
  • Career Brand;
  • Coding.

“Bu orqali yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olishi mumkin bo‘ladi hamda dastur ikkiga bo‘linadi. Bu bepul va pullik kurslardir. Bepul qismi o‘quvchi-yoshlar uchun to‘liq bepul bo‘ladi”, — deydi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov.

Loyiha doirasida O‘zbekiston tomoni 2023-yilda platformaning barcha kontentidan foydalanish huquqini beruvchi 10 ming dona litsenziya sotib olishi belgilangan.

Natijada o‘zbekistonliklar 12 mingta professional kurslar, 275 ta xalqaro universitet va kompaniyalarning dasturlarida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, onlayn kurslar o‘zbek tilidagi subtitrlar bilan beriladi.