xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonning 2 ta universiteti dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kiritildi

06-iyun 15:42
O‘zbekistonning 2 ta universiteti dunyoning top-1000 talik OTMlari reytingiga kiritildi

Buyuk Britaniyaning nufuzli QS Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingi – QS World University Rankings-2025 natijalarini eʼlon qildi.

Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonning ikki oliy taʼlim muassasasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 547-o‘rin hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti 781–790-o‘rinni egalladi.

Qayd etilishicha, TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti “Akademik nufuz” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 300 ta oliy o‘quv yurtlari qatoriga va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi universitetlar uchligiga kirgan.

O‘zbekiston milliy universiteti “Chet ellik o‘qituvchilar ulushi” ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 200 ta eng yaxshi universitetlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo oliy o‘quv yurtlari orasida ikkinchi o‘rinni qayd etgan.