xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli yopildi!

12-iyul 13:55
Pedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakli yopildi!

2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarorga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili qabulidan boshlab pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Jumladan;

  1. 60110600–Matematika va informatika
  2. 60110700–Fizika va astronomiya
  3. 60110800–Kimyo
  4. 60110900–Biologiya
  5. 60111000–Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
  6. 60111400–O‘zbek tili va adabiyoti
  7. 60111500–Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
  8. 60111600–O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
  9. 60111700–O‘zga tilli guruhlarda rus tili
  10. 60111800–Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha)
  11. 60112000–Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
  12. 60112500–Maktab menejmenti
  13. 60112600–Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha)
  14. 60112700–Maxsus pedagogika (faoliyat turlari bo‘yicha) sirtqi ta’lim shakliga qabul bo‘lmaydi

Mazkur qarorga 1-ilovada ko‘rsatilmagan pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar qabul qilinadi.

Bunda, pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlarida sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagida bo‘lgan shaxslarning ta’lim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidagi ma’lumotlar asosida belgilanadi.