xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qishki "perevod"ga oz qoldi! Kimlarga ruxsat beriladi?

14-noyabr 11:12
Qishki

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

  • Talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
  • Davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
  • talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
  • pasport nusxasi;
  • yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

❗️Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.