xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Qozog‘istonda stipendiyalar oshirildi!

15-sentabr 10:57
Qozog‘istonda stipendiyalar oshirildi!

1-sentabrdan boshlab Qozog‘istonda magistratura talabalari uchun stipendiyalar 15 foizga, bakalavriat stipendiyalari esa 20 foizga oshirildi.

Hozirda magistratura talabalari 97 024 tenge (taxminan 2 530 000 so‘m ), bakalavriat talabalari uchun 67 200 tenge ( 1 753 000 so‘m ) stipendiya oladi.

Qaror doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ( Bizning kollejlarimiz va texnikumlarimizga to‘g‘ri keladi ) talabalari uchun stipendiyalar 50 foizga oshirilib, 32 681 tengega ( 852 000 so‘m ) yetkaziladi.