xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

09-iyul 09:55
Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2024-2025-o‘quv yili uchun ruxsatnomalarni olish tartibi

2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

Ruxsatnomani olish jarayoni

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Test sinovlariga kelish qoidalari

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!