xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sentyabrdan tibbiyot yo‘nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

09-sentabr 10:44
Sentyabrdan tibbiyot yo‘nalishi talabalari salkam 1 mlnlik stipendiya oladi

Yangi o‘quv yilidan boshlab tibbiyot OTMlari va medtexnikumlarda o‘qiyotgan talabalar uchun BHMning 3 baravari miqdorida — 990 ming so‘mlik stipendiya joriy etildi.

Stipendiyani kimlar oladi?

IELTS darajasi kamida 7,5, boshqa chet tili darajalari kamida C1 bo‘lgan talabalar til sertifikati amal qilish muddati tugaguncha stipendiya olishlari mumkin.

Hozir OTM va texnikumlarda bu talablarga javob beradigan 56 talaba bor.

Shu yangilikdan keyin med yo‘nalishidagi talabalar chet tillarini o‘rganishga qattiq kirishishlari aniq. O‘rganing, siz ham stipendiya oling!