xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Shartnoma turlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot

16-sentabr 10:58
Shartnoma turlari bo‘yicha qisqacha ma’lumot

Talabalar to‘lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.

Bu juda oddiy.

Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.

Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi.

Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o‘qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.

Bankdan ta’lim krediti olmoqchi bo‘lganlar yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lganlar uch tomonlama shartnoma olmasin. Ular ikki tomonlama shartnoma olishi kerak.