xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

12-may 16:45
Sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatiladimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar ortidan "endi sirtqi taʼlimga qabul to‘xtatildimi?" degan savollar ko‘paydi. Shu kabi savollar bo‘yicha tushuntirish bermoqchimiz.

Birinchidan, ushbu qaror faqat 14 ta PEDAGOGIKA yo‘nalishlariga taalluqli. Ro‘yxati quyidagi suratda berilgan. Mana shu 14 ta yo‘nalishga joriy yildan boshlab ❌ qabul to‘xtatildi.

Boshqa yo‘nalishlarda sirtqi taʼlim bo‘yicha ✅ qabul to‘xtatilmagan.

Ikkinchidan, PEDAGOGIKA sohasida yo‘nalishlar ko‘p, yuqoridagi 14 tadan boshqa yo‘nalishlarga sirtqiga hamma topshira oladimi?

❗️Yo‘q, topshira olmaydi. Pedagogika sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga ham istalgan odam qabul qilinmaydi. Faqatgina taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxslargina SIRTQIga qabul qilinadi.

✅ Bu faqat PEDAGOGIKA sohasiga taalluqli. Boshqa sohalardagi yo‘nalishlarga bu qarorning aloqasi yo‘q.

Shuningdek, pedagogika sohasidagi istalgan yo‘nalish uchun kunduzgi va kechki taʼlim shaklida ham cheklovlar yo‘q, istalgan abituriyent hujjat topshirishi mumkin.

Yuqoridagi maʼlumotlarning asosi: Prezidentning 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori