xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Siz bojxonachi bo‘lishni istaysizmi?

15-mart 17:50
Siz bojxonachi bo‘lishni istaysizmi?

Bojxonachi bo‘lishni o‘z oldingizga maqsad qilgan bo‘lsangiz, buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining Oliy harbiy bojxona institutida o‘qishingiz tavsiya qilinadi.

Ushbu Institutda bojxona ishi sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda kursantlarida tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yangicha o‘qitish tizimini shakllantirish maqsadida ikki bosqichli “Bojxona ishi” va “Yurisprudensiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash)” mutaxassisliklari bakalavrlarni hamda “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Soliq va bojxona huquqi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlarni tayyorlash amalga oshiriladi.

Yurisprudensiya mutaxassisligini tamomlagan institut bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari kengayib, nafaqat bojxona organlarida, balki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ham xizmatni o‘tash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.