xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi

13-mart 13:29
Startap loyihalar diplom ishi o‘rniga o‘tadi

Prezident qaroriga ko‘ra, shu yildan boshlab talabaning ta’lim yo‘nalishiga mos startap loyihasi yoki ratsionalizatorlik ishi diplom ishi, magistrlik dissertasiyasi sifatida himoya qilinadigan bo‘ldi.

Bu degani agar talabada biror startap loyiha bo‘lsa, yana o‘tirib 60 betlab diplom yozishi shartmas. Xullas, bilimni gapda emas, amalda ko‘rsatsa, ballini olib ketaveradi.