xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?

08-mart 15:13
Talabalar attestatsiyada ishtirok eta oladimi?
  • OTM 4-bosqich talabasiman maktabda dars beraman attestatsiyada ishtirok etishim mumkinmi?

Javob: Yoʻq, mumkin emas. Nizomning 5-bandi ko‘ra attestatsiyaga taʼlim tashkilotlarining oliy maʼlumotli pedagog kadrlari jalb etiladi.

  • Magistraturada oʻqiyman 6 oydan beri maktabda dars beraman attestatsiyada qanday tartibda qatnashaman?

Javob: Siz, 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyalarda oʻz ixtiyoringizga koʻra qatnasha olasiz.

Agar ishtirok etsangiz, bu attestatsiya Siz uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi hamda past natija qayd etgan taqdiringizda ham Sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.

Magistraturada tahsil olayotganingiz Sizga navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olishingizga toʻsqinlik qila olmaydi.

Shuningdek, magistr darajasiga ega boʻlgan (diplomni olgan) pedagoglarga attestatsiyasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi toifa beriladi.