xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak

08-sentabr 10:51
Talabalar ijara to‘lovining 50 foizini qoplab berishi kerak

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori (24.09.2021 yildagi 605-son)ga muvofiq, yotoqxona bilan qamrab olinmagan va ijarada yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Bunda:

👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;

👉 ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;

👉 oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.