xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar qancha stipendiya oladi?

14-sentabr 11:53
Talabalar qancha stipendiya oladi?

Grantga kirganlarga bazaviy stipendiya to‘lanadi. Kontrakt kirganlar kontrakt pulini stipendiyali-stipendiyasiz qilib to‘lashi mumkin.

Ya’ni ko‘plab talabalar hech qanday stipendiya olmay o‘qiydi.

  • Bazaviy stipendiya miqdori — 517 880 so‘m;
  • Barcha fanlar bo‘yicha faqat "a’lo" o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) ega bo‘lgan talabalar uchun stipendiya – 621 456 so‘m.

Nomdor stipendiyalar:

  • Prezident stipendiyasi – 2 191 541 so‘m;
  • Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomli davlat stipendiyalari –1 461 028 so‘m.