xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

30-avgust 15:43
Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

Barcha talabalar, shu jumladan, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalar ham yangi o‘quv yilining birinchi kunidan boshlab shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishi mumkin.

Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali «super-kontrakt» uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

Jumladan:

- kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15 sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1 oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

- kontraktning kamida 50 foizi 1 yanvargacha, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

- xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.