xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalar yotoqxonasiga pul to‘lashda kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

04-sentabr 11:23
Talabalar yotoqxonasiga pul to‘lashda kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

Yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi

  • ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
  • chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
  • mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
  • hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

Umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi

  • umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
  • vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.