xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ta’lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

31-avgust 11:46
Ta’lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:

Kreditga ariza yuborishda arizachi:

  • pasporti yoki ID raqami;
  • Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
  • FISH kiritiladi.

Manzil:

— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

Kredit maʼlumotlari:

— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

Kredit olish jarayoni quyidagicha:

  • Onlayn ariza qoldirish;
  • Arizani ko‘rib chiqish;
  • Hujjatlarni rasmiylashtirish;
  • Kredit ajratish.

Arizani ushbu saytda qoldirishingiz mumkin talim-krediti.uz