xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

31-oktabr 12:04
“Temurbeklar maktabi”ga ayollar ham qabul qilinadi

Prezident qarori (PQ–349, 30.10.2023-y.) bilan ayrim qarorlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

🔰 Unga koʻra:

2024/2025 oʻquv yilidan Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga ayol jinsidagi Oʻzbekiston fuqarolarini qabul qilish imkoniyati yaratiladi;

➖Milliy gvardiya Qoʻriqlash bosh boshqarmasi Bolalar psixologiyasi markazi ishchi va xizmatchilarining lavozim maoshlari oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Temurbeklar maktabi” bitiruvchilariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yakka tartibdagi yakuniy suhbat yoki Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.