xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Test savollarini ishlash uchun abituriyentlarga soat vaqt beriladi!

12-iyul 12:00
Test savollarini ishlash uchun abituriyentlarga  soat vaqt beriladi!
  • 3 ta majburiyga - 60 daqiqa;
  • 2 ta mutaxassislikka - 120 daqiqa.

Jami: 180 daqiqa (3 soat).

Agar kimdadir chet tili yoki boshqa fanlardan imtiyozli sertifikati bo‘lsa va o‘sha fan uchun test sinovidan ozod qilingan bo‘lsa, unda 60 daqiqa ayirib tashlanadi. Agar 2 ta mutaxassislik fanidan ham imtiyozi bo‘lsa, unda 120 daqiqa ayirib tashlanadi hamda faqat majburiy fanlar uchun 1 soat vaqt beriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlari bor yo‘nalishlarga topshirgan abituriyentlar uchun faqat 3 ta majburiy fanga 1 soat vaqt beriladi.

Ushbu vaqt ichiga javoblarni belgilash ham kiritilgan. Yaʼni bo‘yash uchun alohida qo‘shimcha vaqt berilmaydi.