xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Test sinovlarida abituriyentlar past ball olishining asosiy sababi nima?

31-avgust 11:34
Test sinovlarida abituriyentlar past ball olishining asosiy sababi nima?

Test natijalariga ko‘ra, 193 ming 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan. Ammo testga kirgan abituriyentlarning salkam yarmi 56,7 ballni ham to‘play olmagan. Xo‘sh, abituriyentlarning test sinovlaridagi past ko‘rsatkichlari sababi nimada?

Mazkur savol yuzasidan Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimov quyidagilarni ma’lum qildi:

OTMlar uchun tayyorlanadigan test mezonlari har yili soddalashtirilsa soddalashtiriladiki, takomillashtirilmaydi, – deydi M.Karimov. – Umuman, dinamikani olib qaraydigan bo‘lsak, yildan-yilga o‘tish ballari va ko‘rsatkichlar pasayib bormoqda. Bu past ko‘rsatkichlarning asosiy sababi uchun maktablarni ayblamoqchi emasman. Juda ko‘p holat abituriyentning o‘ziga bog‘liq. O‘rganish jarayonlarida shunga guvoh bo‘ldikki, aksariyat abituriyentlar test sinovlari boshlanganiga yarim soat bo‘lmasdan turib chiqishni boshlaydi.

Joriy yil bitiruvchilarda 56,7 ball olgan abituriyentlar 30 foizdan ziyodroqni tashkil etmoqda. 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar degan taxmin ham mavjud. Oldingi yillarda test jarayonini ozgina filtrlash maqsadida sinovlarni takomillashtirish, talablarni oshirish holatlari ham bo‘lgan. Ammo so‘nggi yillarda barcha savollar soddalashtirilgan tartibda tuzilmoqda. Abituriyentlar past ball olishining asosiy sabablari mutaxassislar ishtirokida o‘rganilishi, chuqur tahlil qilinishi lozim.