xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

23-avgust 17:04
Test sinovlarida abituriyentlarning ishtiroki

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida 948 mingdan ziyod abituriyentdan 888 660 nafari ishtirok etdi, 59 831 nafari esa ishtirok etmadi.

Abituriyentlarning 67 nafari hududga kirishda, 148 nafari test sinovi jarayonida tartib-qoidani buzgan uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

Chetlashtirish holatlarining aksariyat qismi taqiqlangan vositalar, jumladan telefon va shpargalka olib kirish yoki olib kirishga urinish hamda abituriyent o‘rniga boshqa shaxslarning kirishga urinishi bilan bog‘liq.

Test sinovi jarayonida chetlashtirish holatlarining

  • 34 tasi (23 %) — Samarqand viloyati;
  • 31 tasi (20,9 %) — Toshkent shahri;
  • 20 tasi (13,5 %) — Farg‘ona viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

Eng kam qoidabuzarlik holatlari esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (1 ta) hamda Xorazm, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida (3 tadan) kuzatildi.