xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Texnikum bitiruvchilari uchun OTMga kirish: Suhbat tartibi

10-iyul 12:26
Texnikum bitiruvchilari uchun OTMga kirish: Suhbat tartibi

Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar uchun imtihonsiz qabul

Texnikumni muvaffaqiyatli tugatganlar faqat suhbat bilan imtihonsiz OTMga qabul qilinadi. Ular birdaniga 2-kursdan o‘qishni boshlashadi. Hozirda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun qabul davom etmoqda (manba).

Suhbat nimadan iborat?

Suhbatda talabgorga 4 ta yo‘nalishda jami 4 ta savol beriladi (manba):

  • Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini tushunish.
  • Bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashda motivasiya.
  • Shaxsiy-kasbiy xususiyatlar.
  • Tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi sohasidagi bilim va kasbiy ko‘nikmalar.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball — 100 ball.