xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Texnikumlar imtihoni uchun fanlar majmuasi, savollari va baholash mezonlari tasdiqlandi

08-avgust 13:47
Texnikumlar imtihoni uchun fanlar majmuasi, savollari va baholash mezonlari tasdiqlandi

2023-2024-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

  • ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball;
  • matematika – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan Maksimal ball – 11 ball;
  • O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol. Har biri uchun 1.1 balldan. Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

  • 1-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball;
  • 2-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 2.1 balldan. Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball. 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.