xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Tibbiyot OTMlarida qishki "perevod"lar ro‘yxati tasdiqlandi

21.02.2023 18:50
Tibbiyot OTMlarida qishki

Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi OTMlarga uzrli sabablarga asosan o‘qishni ko‘chirishga tavsiya etilganlar ro‘yxati tasdiqlandi,deya Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati tomonidan xabar berildi.

Prezidentning PQ-279-sonli qarori 7-bandiga muvofiq 2 ta uzrli sababga ko‘ra o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan fuqarolarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Shu asosda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga 2022/2023-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘qishini ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar ro‘yxati shakllantirildi. Ularning soni 76 nafar.

Eslatib o‘tamiz, OTM rektori o‘qishi ko‘chirilayotgan talabaning o‘quv rejalari va dasturlarini, shunga asosan o‘quv kursini belgilashga shaxsan javobgardir. Talabalar o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib tiklash to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilishi va ularning qonuniyligi uchun javobgarlik tibbiyot oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yuklanadi,deyiladi xabarda.