xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat texnika univeristetining diplomi butun dunyoda tan olinadi

31-mart 19:22
Toshkent davlat texnika univeristetining diplomi butun dunyoda tan olinadi

2023-yilning 2-6 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida ta’lim sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi Germaniyaning ASIIN tashkiloti tomonidan baholangan edi.

Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning

  • 60710600-Elektr energetikasi (elektr ta’minoti)
  • 60712100-Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari
  • 70710601-Elektr ta’minoti (sanoat korxolari va shaharlar)
  • 70712101-Metallurgiya (metal turlari bo‘yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi.