xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent islom instituti yoki madrasaga o‘qishga kirishni qanday amalga oshirish mumkin?

22-aprel 05:08
Toshkent islom instituti yoki madrasaga o‘qishga kirishni qanday amalga oshirish mumkin?

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti va boshqa diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish ijtimoiy imtihonlar va test sinovlarini topshirish orqali amalga oshiriladi.

Ushbu jarayonda barcha abituriyentlar uchun teng huquqlilik va yagona qabul qoidalari asosida tanlov o‘tkazilib, ijtimoiy imtihonlar va test sinovlarida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar O‘zbekiston musulmonlari idorasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.