xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

17-noyabr 10:25
Toshkent tibbiyot akademiyasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etiladi

Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Prezidentning “Toshkent davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida" qarori loyihasi

Unda belgilanishicha:

  • universitet tibbiyot sohasi uchun oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
  • universitet Toshkent tibbiyot akademiyasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
  • Toshkent tibbiyot akademiyasida tahsil olayotgan talabalar universitetda mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklarida oʻqishini davom ettiradi hamda bitiruvchi kurs talabalariga belgilangan tartibda davlat namunasidagi universitet diplomi beriladi;
  • universitet klinikasi, akademik litseyi, Eksperimental tibbiyot ilmiy-tekshirish institutining muassisi universitet hisoblanadi va ularning faoliyati universitet tomonidan muvofiqlashtiriladi;
  • universitet tarkibiy tuzilmalari davlat muassasalari hisoblanadi va shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
  • universitetning tarkibiy tuzilmalari rahbarlari universitet kengashining taqdimnomasiga koʻra sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.