xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Universitetga ishga kirish uchun 10.000 dollar pora berishdi. Bu qaysi universitet o‘zi?

2.03.2023 22:42
Universitetga ishga kirish uchun 10.000 dollar pora berishdi. Bu qaysi universitet o‘zi?

DXX 10 ming dollar evaziga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan OTM mansabdorini qo‘lga oldi

DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali mansabdor shaxsi fuqaroni ushbu filialga bo‘lim boshlig‘i lavozimiga ishga qabul qilish va uning ilmiy ishini ilmiy kengashga kiritib, himoya qilishida yordam berish evaziga pora tariqasida 10 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.