xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi

31.01.2023 11:03
O‘zbekistonda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi

Bu haqda 2022-yil 27-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida agrar sohada ta’limni yanada rivojlantirish masalalari hamda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarning borishi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishida 2022-yilda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etilib, 100 dan ortiq xizmatlar yo‘lga qo‘yilishi lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, Prezident yangi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti 2022–2023-o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlashi zarurligini qayd etgan. Birinchi o‘quv yilida universitetda 7 ta mutaxassislik bo‘yicha 200 nafar talaba o‘qitiladi.