xTest.uz Diagnostik testlar
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Xorijdan "perevod" qilmoqchi bo‘lgan talabgorlarning 11,2 foizi o‘tish balini to‘play olgan

08-sentabr 15:01
Xorijdan

Joriy yilda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etgan jami 41 ming 122 nafar talabgorning 4 ming 433 nafari (10,8 %) o‘qishni ko‘chirish uchun talabni bajargan edi.

BBA "perevod"ga oid kengroq statistikani e’lon qildi. Unga ko‘ra, talabgorlarning 22 ming 579 nafari xorijiy mamlakatlardagi OTMlardan "perevod" istagini bildirgan bo‘lib, Janubiy Koreya (42,9%), Latviya (42,9%) va Polsha (42,9%) davlatlaridan o‘qishni ko‘chirayotgan talabalar yuqoriroq natija qayd etgan.

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha eng ko‘p arizalar Qirg‘iziston (12 472 nafar), Tojikiston (4 836 nafar), Qozog‘iston (2 968 nafar) va Rossiyada (2 135 nafar) tahsil olayotgan talabalardan kelib tushgan.